Sanʼat nazariyasi va tarixi kafedrasi

«San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi mudiri – Umarov Shovkat Vaxobovich, dotsent v.v.b

Telefon: (+99871) 215-56-13

E-mail: shavkat_umarov.72@mail.ru

Qabul kunlari: seshanba – juma

 

 “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevral, PQ-4585-sonli qarori bilan “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari borasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasini (keyingi o‘rinlarda-Akademiya) tashkil etish va shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “О‘zbekistonda xoreografiya san’ati va milliy raqsni rivojlantirish” tо‘g‘risidagi farmoniga asosan, 1997 yili Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. Yangi о‘quv yurti miqyosida maktab, kollej  bilan  bir  qatorda Oliy о‘quv yurti vujudga kelib, uning tarkibida bir qancha yо‘nalishlar tashkil etildi. 2005 yildan boshlab “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi “San’atshunoslik” (xoreografiya bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishida ish  faoliyatini boshladi.

 “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasining Ilk mudiri sifatida oliy o‘quv yurtlaridagi ko‘p yillik stajiga ega bo‘lgan malakali pedagog, shuningdek, san’atshunoslik nomzodi, dotsent, musiqashunos, O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi a’zosi, bir qator ilmiy ishlar muxarriri, Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar  ishtirokchisi, ikki yuzdan ortiq maqolalar muallifi, teatr arboblari uyushmasi a’zosi Nailya Nurimova.

Nailya Nurimova о‘ziga xos nazariy, ya’ni professional san’atshunoslik bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashning asoschisi hisoblanadi.  U kafedraga dars berish uchun yuqori  malakali  san’atshunoslar professor-о‘qituvchilar bilan birga, yosh iste’dodli bitiruvchilarni ham ishga taklif qildi. Shuning bilan birga bu yosh kadrlarda kelajakda о‘z kasbining haqiqiy ustasi, tadqiqotchi bо‘lib yetishishida yaqindan yordam berib, о‘qituvchilik kasbiga bо‘lgan qiziqishini mehrini oshirib, ularga  о‘z ijodlarini kо‘rsata olishga va kelajakda pedagogik  faoliyat yuritishlariga yо‘l ochib berdi.

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi keng qamrovli bilim yurti bо‘lib, unda zaruriy profesional bilimning muntazamligi ta’minlanadi. San’atshunoslik yо‘nalishidagi diplomga ega yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.  Bu о‘quv muassasasida  amalga oshirilayotgan  bosqichma-bosqich  uzluksiz  ta’lim  tizim, tо‘laqonli davr talabiga javob beruvchi mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. Bu ta’lim tizimi yuksak darajadagi xoreografiya san’ati bо‘yicha san’atshunoslik bilimini kafolatini ta’minlaydi.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar ishlab chiqildi, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-qo‘llanmalar va darsliklar yozilib, bugungi kunda talabalar shu dastur va qo’llanmalar asosida bilim olmoqdalar.

Kafedrada “San’atshunoslikka kirish. San’at nazariyasi”, “Jahon va o‘zbek xoreografiyasi san’ati tarixi”, “Drama nazariyasi va rejissurasi”, “Raqs dramaturgiyasi asoslari”, “Baletshunoslik”, “Ssenografiya va liboslar tarixi”,  “Musiqa cholg‘ularini о‘rganish”, “Balet tanqidchiligi tarixi”, “Xoreografiya tamoyillari va nazariyasi” “Musiqa adabiyoti”, “Ilmiy faoliyat asoslari” va “Notiqlik san’ati” kabi bir qator fanlardan bilim berib kelinmoqda.

Muntazam ravishda kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda, jurnallarda, to‘plamlarda chop etiladigan ilmiy ishlari bilan faol qatnashmoqdalar.

Kafedraning yetakchi soha mutaxassislari Vazirlar Mahkamasining Fan va texnika Davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinayotgan grantlar tanlovida doimiy ishtirok etishmoqda. H.Hamrayeva rahbarligida “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari  uchun “Bolalar raqslari” fanidan 3D tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” deb nomlangan ikki yillik amaliy loyiha doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Hozirgi kunda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasini dotsent Umarov Shovkat Vaxоbovich mudir sifatida boshqarmoqda. Xususan, kafedra o‘qituvchilar tarkibi ilmiy faoliyatda yuqori saviyali mutaxassislari, bevosita, teatr, xoreografiya san’ati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan san’atshunoslik fanlari nomzodlari, dotsentlar, filologiya fanlari doktorlari, shuningdek, o’z ishining mutaxassisi bo’lgan san’atshunoslik fanlari doktorlari, professorlar, I.A.Muxtorov, P.I.Tashkenbayev, M.T.To‘laxo‘jaeva kabilarning nomi bilan bog‘liq.

2013 yildan boshlab ushbu oliy maskanda magistratura va 2023 yildan esa 17.00.09 “Raqs san’ati iqtisosligi” doktorantura ta’lim yо‘nalishi ham о‘z faoliyatini boshladi.

 “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi nizomi