“Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi

USMANOVA GULASAL NORMUXAMMADOVNA

Xoreografiya jamoalar rahbari kafedra mudiri 

KATTA O’QITUVCHI

Qabul kunlari: Payshanba:  10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-98

E-mail: xjrk@uzdxa.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4585-sonli Qarori asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  tashkil etildi. 

Mazkur qarorga ko‘ra raqs san’ati sohasida «ustoz-shogird» an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida ko‘plab masalalarni amalga oshirish maqsad qilindi.

         O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bugungi kunda keng qamrovli akademiyalardan biri bo‘lib, unda zaruriy profesional xoreografik bilimning muntazamligi ta’minlanadi. Xoreografiya yo‘nalishidagi diplomga ega yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu o‘quv muassasasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimi, to‘laqonli davr talabiga javob beruvchi mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. Bu ta’lim tizimi yuksak darajadagi xoreografiya san’ati bilimini kafolati hisoblanadi.

Xoreografiya kafedrasining tarixi bundan 35 yil ilgari boshlangan. Xoreografiya kafedrasi 1974 yil sobiq Toshkent Davlat Madaniyat institutining madaniy oqartuv ishlari fakultetining  “Havaskor xoreografiya kollektivi  rahbari” bo‘limida ish boshlagan.

Kafedraga  Moskva  Davlat Teatr San’ati institutining (GITIS)  bitiruvchisi Xasanov Isroil  Ismoilovich boshchilik qilgan. Aynan I.I.Xasanov o‘ziga xos raqs Akademiyasi, ya’ni professional xoreografik bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashning asoschisi hisoblanadi. I.I.Xasanovdan keyin kafedraga S.Sh.Burxonov, dosent I.G.Gorlina, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A.N.Mo‘minov, dosent E.Y.Saitova, katta o‘qituvchi L.T.Xasanova, professor Sh.M.Toxtasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘.N.Muxamedovalar,  dosent  D.M Abduxakimova boshchilik qilgan.

2023-yil 4-sentyabrda “Xoreografiya” kafedrasi sohani rivojlantirish va yo‘nalishlar kesimida o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ikki kafedraga “Xoreografiya jamoalari rahbari” va “Xoreografiya pedagogikasi” kafedralariga bo‘lindi.

“Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida  o‘zbek raqsi hamda baletmeysterlik san’ati yo‘nalishlari faoliyat yuritadi va mana shu fanlar sifatini nazorat qiladi.

“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasida esa klassik raqs, xalq sahna raqsi, tarixiy-maishiy raqs va zamonaviy raqsini qamrab olib, ushbu fanlar sifatini nazorat qiladi.

Bugungi kunda ikkita kafedrada ilmiy salohiyatli, professional, yosh kafedra mudirlari faoliyat olib boradi. “Xoreografiya jamolari rahbari” kafedrasiga Usmanova Gulasal Normuxammadovna boshchilik qiladi.  Ikki kafedra  professor-o‘qituvchilari  tomonidan barcha mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv  adabiyotlar, darsliklar yaratilib, ushbu darsliklar asosida  talabalar o‘z savodxonliklarini oshirmoqdalar.

      “Xoreografiya jamoalari rabari” kafedrasida professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan ko‘proq vaqtini ijodiy ishlarga yo‘naltirish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish muntazam yo‘lga qo‘yilgan.  Xoreografiya  sohasining yetuk namoyondalari va baletmeysterlardan O‘zbekiston   xalq artistlari:  Q.Mo‘minov, R.Sultanova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar: O‘.Muxamedova, M.M.Maxmudova, D.Yunusova, G.Abdiyeva, Ch.Djurabayeva, G.Madrahimova, “Do‘stlik” ordeni soxibasi E.Y.Saitova, dotsentlar: D.Abduxakimova, G.Usmanova, katta o‘qituvchi: Sh.Jalilova, o‘qituvchilar: Sh.Ataxanov, S.Useinova  kabi ustozlar o‘z mahorat va bilimlarini yoshlarga o‘rgatib kelishmoqda. Ustoz-shogird an’analari muntazam faoliyat olib borishi natijasida “Xoreografiya san’ati” fakulteti  talabalari nufuzli Respublika va xalqaro  ko‘rik-tanlov va festivallarining g‘oliblari bo‘lib kelmoqda.

Kafedralarda xorijiy OTMlardan mutaxassislarni jalb etgan holda talabalar uchun ilmiy- ijodiy uchrashuvlar hamda mahorat darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda.

 

 

 

"XOREOGRAFIYA JAMOALARI RAHBARI KAFEDRASINING - PROFESSOR-O’QITUVCHILARI

Gorlina Inna Grigorevna

Kafedra professori

Yunusova Dilbar Muxamedovna

Kafedra dotsenti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist

Abdiyeva Gulishod Esanbekovna

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, dotsent

Jalilova Shirin Shuxratovna

Katta o‘qituvchi