Bayram tabrigi

Bugun yurtimizda bayram shukuhi!
Asrlar osha qalblarga shodlik ulashuvchi, yosharish, yangilanish, qut-baraka elchisi Navro’zi olam kirib keldi!

Qalblarga o’zgacha bir chiroy, ulug’vorlik, hamjihatlik va mehru muruvvat tuyg’ularini jo qiluvchi Navro’z bayrami bugun yurtimizda katta tantana bilan nishonlanmoqda.

Zero, bu bayram azaldan xalqimiz e’tirof etgan go’zallik, ezgulik, rahm-shavqat va mehr-oqibatni o’zida mujassam qilgan.

Ushbu go’zal nuqtada men, qadrli jamoamiz, talaba-yoshlar va xalqimizni fusunkor Navro’z ayyomi bilan muborakbod etaman!
Sizlarga, avvalo, mustahkam sog’liq, oilangizga tinchlik-totuvlik, baxtu saodat, qalblaringizga hotirjamlik, huzur-halovat, kelgusi faoliyatingizda omad va zafarlar tilayman!
Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Yana bir bor Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan,
Shuhrat Toxtasimov, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan