ziyorat

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Yoshlar turizmi haftaligi»ni o’tkazish maqsadida, Ona Vatanimiz ko’rki bo’lgan muqaddas qadamjo, milliy qadriyatlarimizning noyob durdonalaridan biri, “Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida yoshlar tarixiy obidalarimizni ziyorat qilishib, yurt tinchligi, mamlakat obodligi, akademiya rivoji uchun duolar qilishdi. Sayohat ziyorati maroqli va mazmunli o’tdi.

Sayohatda akademiya talabalariga ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini
Y.Ostonoyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy bo’limi boshlig’i
N.Abdurahimova hamda matbuot kotibi
Sh.Umarova hamrohlik qilishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan