Bugun, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida axborot va murabbiylik soati bo’lib o’tdi.
Tadbirda, joriy yilning 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendum jarayonida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga oid normalar qariyb lkki barobarga oshirilayotgani, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qishi mumkinligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, qatnashchilar yangilanayotgan Qomusimizda o’qituvchilar va oliy ta’limga oid ko’pgina normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot olishdi.
Tadbirda ishtirokchilar Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.