«Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik»

🔹Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik» shiori ostida davra suhbati bolib o’tdi.

🔹Tadbirga mehmonlar, Toshkent shahar Mudofaa vazirligi fahriylar kengashining a’zolari:
polkovnik X.U. Kosimov, podpolkovnik
D.I. Imakulov, jamoatchilik kengashi yetakchi mutaxassisi
U. Yusupov tashrif buyurdi.

🔹Davra suhbati, yoshlarda vatanga bo’lgan sadoqat, vatanparvarlik haqida bo’larkan, mehmonlar bu hususda o’z hayotiy voqealari va tajribalari bilan bo’lishdilar.

🔹Hamda har bir yoshning o’z hayot tamoyili va maqsadining bo’lishi, ularning hayotidagi mayoq vazifasini bajarishi haqida keng tushunchalar berildi.

🔹Yunon faylasufi Aristotel aytganidek, “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”.

🔹Suhbat chog’ida yoshlar ham o’z maqsadlari bilan bolishish asnosida o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🔹Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB Profilaktika Katta inspektori, leytenant G.T. Matisakova,
dekan muovini Y. Ostonoyev,
tyutorlar: X. Ro’ziboyev
F. Atajanova va bir guruh talabalar ishtirok etishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan