O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi Tamaraxonim memorial uy-muzeyiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi Tamaraxonim memorial uy-muzeyiga tashrif buyurdi.

Buyuk san’atkor, SSSR xalq artisti, atoqli xonanda va raqqosa Tamaraxonimning tavallud kuniga bag‘ishlangan “Sharq qaldirg‘ochi”- arman qizi Tamaraxonim” shiori ostida bo’lib o’tgan tadbirda ijodkorning hayot va ijod yo’li aks etgan videofilm hamda akademiyaning iqtidorli talabalari tomonidan Tamaraxonim ijrosidagi raqslardan namunalar namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Sh.M.To‘xtasimov, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, bir guruh talabalar va mehmonlar qatnashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan