“Konstitutsiya – mening baxtli hayotim garovi”

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Konstitutsiya – mening baxtli hayotim garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga Toshkent shahar deputati L.Qobuljanova, Yakkasaroy tumanidan deputatlar kengashi raisi
A.Negbayev, deputat
T.Nuraliyev, Nuroniylar kengashi raisi M.Sayfullayev, yoshlar siyosati agentligi rahbari E.Madiyev, Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i N.Xalilovlar tashrif buyurishdi.

Ushbu tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, bо‘lajak referendumga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazish bilan bog‘liq bo’lgan chora-tadbirlar ijrosiga hamda Bosh Qomusimizning yangi tahririni tanishtirishga qaratildi.

Shuningdek, talabalarga konstitutsiyamizga kiritilayotgan yangiliklar о‘z aksini topgan bir qancha normalarga oid ma’lumotlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan