#Kitobxon_haftaligi

Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Kitobxonlar haftaligi” doirasida “Yuz bilan yuzlashayotgan durdona adabiyotlar” shiori ostida adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Dunyoda turfa ilmlar, bilimlar ko‘p va ularni ifoda etuvchi kitoblarning son-sanog‘i yo‘q, ammo allomalardan biri “Agar inson kitob o‘qishdan to‘xtasa, u fikrlashdan ham to‘xtaydi” degan edi. Bunday durdona asarlar ko’rgazmasi talabalar tomonidan iliq kutib olindi va ularda kitobga bo’lgan qiziqish yanada ortdi.

Ushbu ko‘rgazmada sal kam bir asr va undan oldinroq nashr qilingan san’at va madaniyatning durdona asarlari o‘rin olgan.

Bulardan:
С.Н.Худеков История танцев част I. – 1913 г.
С.Н.Худеков История танцев част II. – 1914 г.
С.Н.Худеков История танцев част III. – 1915 г.
Н.М.Новлянский Искусство грима. – 1930 г. va boshqalar.

Ko‘rgazmada professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan