«Buvijonim о‘gitlari»

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan «Buvijonim о‘gitlari» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati о‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Konstitutsiya mahallasining Xotin-qizlari faoli G.Koraboyeva, mahalla nuroniy buvijonlaridan D. Artiqova hamda M.Kadirovalar ishtirok etishdi.

Mehmonlar о‘zlarining qimmatli hayot tajribalari misolida hozirgi kunda mamlakatda yoshlarga, xususan, talaba-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida sо‘zlab, o’zlarining о‘gitlarini berishdi.

Tadbirda talabalar tashrif buyurgan mehmon onaxonlardan о‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir kо‘tarinki ruhda bo’lib otdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan