Xalqaro munosabatlar

Joriy yilning 13-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida IPR MEDIA kompaniyasi MChJ vakili (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri) Pichugina Nadejda Borisovna bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda o’zaro munosabatlar va sheriklik istiqbollari, shuningdek, akademiyaning ta’lim eksporti va raqamli kompetentsiyalarni shakllantirish, akademiyaning nashr faolligini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish, professional kommunikatsiyalar samaradorligini oshirish hamda tajriba almashish sohasidagi ustuvor vazifalariga javob beradigan masalalar muhokama qilindi.

Muhokama natijasida qiziqtirgan savollarga javoblar olindi hamda akademiya o’qituvchilari va talabalari uchun o’quv seminari o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan