Taziya

◾️Betakror isteʼdod sohibasi, mehribon va jonkuyar ustoz, o’zbek balet sanʼatining yetuk namoyandalaridan biri, O’zbekiston xalq artisti Xamrayeva Guli Razzoqovna 76 yoshida vafot etdi.

◾️Butun umrini balet sanʼatini rivojlantirishga bag’ishlagan, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi Guli Xamroyevaning «Baxchirayskiy fontan», «Don Kixot», «Esmeralda», «Dilorom», «Amulet lyubvi», «Spartak» kabi ko’plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan munosib o’rin egallagan.

◾️O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi Xamrayeva Guli Razzoqovnaning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan