Mahorat darslari

Joriy yilning 18-aprel kuni Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan ilk bor Qarshi  ixtisoslashtirilgan san’at maktabida, «Qashqadaryo hamda Surxondaryo raqs harakatlarining o’xshash va farqli jihatlari» mavzusida ilmiy- amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda O’zbekiston davlat  xoreografiya akademiyasi dotsenti, Do’stlik ordeni sohibi, Saitova Erkinoy Yakubovna hamda o’qituvchi Sultangirova Irina Radikovna ishtirok etdilar.

Seminar doirasida E.Saitova va
Sh.Qurbonova tomonidan tayyorlangan «Surxon raqs maktabi» o’quv qo’llanmasining taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

Taqdimotda “Surxon raqs maktabi»ning o’ziga xosligi amaliy va nazariy  jihatdan tahlil qilindi.

Shu bilan birga, E.Saitova va I.Sultangirovalar tomonidan yuqori saviyadagi mahorat darslari ham o’tkazildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan