MUSTAQILLIK DARSI

Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!

“Vatan ozodligi yo’lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir”

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yangi 2023-2024 o‘quv yili “Mustaqillik” darsi bilan boshlandi.

“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari
M.Sh. Murodova,
R.O. Jomonovlar tomonidan yoritilgan
“Vatan ozodligi yo’lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir” mavzusiga bag’ishlangan darsda talaba-yoshlarimizga mustaqilligimizgacha bo’lgan tarixiy jarayonlar, Jadid bobolarimiz hayoti, nohaq qatag‘onga uchragan insonlar haqida so’zlab berdilar.

Shuningdek, erishgan mustaqilligimizning ahamiyati, 32 yillik tarixiy davr ichida ega bo’lgan keng ko’lamli yutuq va muvaffaqiyatlar, qilinayotgan islohotlarning samarasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’lgan dars talabalarning qizg’in savol-javoblari bilan yakunlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan