O‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

🆕my.gov.uz portalida “OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/870) xizmati ishga tushirildi!

📱2023-2024-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hoziroq my.gov.uz portali orqali oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

🗂Arizani ko‘rib chiqishda turli imtiyozlar va ustuvorliklar hisobga olinadi. Ushbu ro‘yxat bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishasiz.

💻 Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lmagan talabalarga maxsus navbat raqami beriladi. Yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, mazkur raqam asosida turar joy uchun yo‘llanma taqdim etiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz!

📣 Joriy o‘quv yilida ushbu xizmatdan faqat 1-bosqich talabalari, keyingi o‘quv yilidan esa barcha talabalar foydalanishlari mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan