Doktoranturaga hujjat topshirish istagida bo’lganlar diqqatiga!!!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2023-2024 o’quv yili uchun “17.00.09-Raqs san’ati” ixtisosligi bо‘yicha tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi.

Tayanch doktoranturaga quyidagi talablarga javob beradigan talabgorlar qabul qilinadi:
 magistr darajasiga ega bо‘lganlar;
 falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha ikkitadan kam bо‘lmagan ilmiy ishlar tо‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bо‘lganlar.

Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

 Talabgorlar IELTS (о‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (РВТ) (567 balldan kam bо‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bо‘lmagan), CEFR (В2 darajadan past bо‘lmagan) bо‘yicha tasdiqlovchi amaldagi milliy va xalqaro malaka sertifikatlaridan biriga ega bо‘lishi shart.

 Hujjatlar akademiya qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bо‘lgan davrda Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

 Ma’lumotlarni olish uchun akademiyaning qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

 Murojaat uchun:
☎️71-215-56-79
📱 +998998280105

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan