Xalqaro anjuman

Joriy yilning 18-noyabr kuni Chimkent shahrida Jumabek Tashenev nomli universitet tashabbusi bilan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyati, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida “ILM-FAN, TA’LIM VA SAN’AT INTЕGRATSIYASI: ISTIQBOLLI RЕJALAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda anjuman doirasida O‘zbekiston xalq artisti, AQShdagi Yevroosiyo raqs akademiyasi akademigi, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro “Lazgi” raqs ko‘rik – tanlovi bo’lib o’tdi.

 Ilmiy anjumanda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti v.b. Filologiya fanlari doktori (DSs) H.Hamroyeva, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Sh.Umarov hamda “San’atshunoslik” yo‘nalishi talabalari S.Ismatova, R.Karamova, Z.O‘roqov, R.Hojiyev, J.Mirsoliyev, Sh.Qodirov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 Xalqaro raqs ko‘rik – tanlovida O’zDXA “Xoreografiya” yo‘nalishi kunduzgi bo‘lim talabasi I.Haydarov, sirtqi bo‘lim talabalari D.Mavlonova, D.Artiqova o‘zlarining jozibali raqslari, mahorat darslari bilan tomoshabinlarning muhabbati va e’tirofiga sazovor bo‘lib, festival statuetkalari, “Alg‘is xati” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Shuningdek, xalqaro anjumanda O’zDXA dotsentlari Sh.Umarov va H.Hamroyevalar “Alg‘is xati”, “San’atshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari S.Ismatova, R.Karamova, Z.O‘roqov 1–darajali diplom, 2-bosqich talabalari R.Hojiyev, J.Mirsoliyev, Sh.Qodirov sertifikat bilan taqdirlandilar.

Xalqaro anjuman doirasida kitoblar ko‘rgazmasi hamda konferensiya ilmiy to‘plamining taqdimoti ham o’tkazildi. Mazkur to’plamdan O’zDXA professor-o’qituvchilari va talabalarining milliy raqs san’ati, musiqa madaniyati, bolalar folklor raqslariga oid maqolalari o’rin olgan.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan