Xizmat safari

Joriy yilning 12-15-dekabr kunlarida xizmat safari bilan, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozim Qosimov O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali hamda Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida filial va maktab-internatning jamoasi bilan uchrashib, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, filialda tahsil olayotgan 1-2-3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tarzida suhbat tashkil etilib, talabalarning taklif va mulohazalari asosida tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida filial va maktab-internati faoliyatiga oid ustuvor vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan chora-tadbirlar begilab olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan