Qurolli kuchlar davlat muzeyiga tashrif

Batanni sevish, uni ulug’lash barchamizning muqaddas burchimizdir!
Vatan tarixini bilish bu, har birimizning insoniy burchimizdir!

🇺🇿 O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talaba-yoshlari hamda respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktab-internati o’quvchilari, joriy yilning 18-yanvar kuni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori v.b., R.Sultanova, dekan muovini Y.Ostonoyev, profilaktika katta inspektori G.Matisakova, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o’qituvchisi S.Useinovalar boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida bo’ldilar

🇺🇿45000 dan ortiq eksponatlarga ega bo’lgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyida yaqin o’tmish-Ulug’ Vatan urushidan tortib, sarkarda bobomiz Amir Temur davri va undanda oldinroq davrlarni o’z ichiga olgan ulkan tarixiy merosimiz jamlangandir.

Ajoyib tartibda jamlangan, tariximiz haqida batafsil ma’lumot beruvchi ushbu eksponatlar talabalar va o’quvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan