YIL SARHISOBI

Kuni kecha О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2023-yilda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy yо‘nalishda bajarilgan ishlar hamda 2024-yilda amalga oshirilishi ustuvor bo’lgan vazifalar bо‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilishda 2023-yilda yaratilgan monografiya, о‘quv qо‘llanma, adabiyotlar hamda xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashrlarda (“Web of Science”, “Scopus” bazasiga va OAK rо‘yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar, shu bilan birga dissertatsiya himoyalari, ajratilgan grant loyihalar va ilmiy-ijodiy yо‘nalishda amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yil davomida faol bо‘lgan professor-о‘qituvchilarning bir guruhi “Eng yaxshi tadqiqotchi”, “Eng yaxshi ilmiy maqolalari uchun”, “Eng yaxshi ijodiy ishlari uchun”, “Eng yaxshi ijodiy g‘oyalar muallifi”, “Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yо‘naltirishdagi faolligi uchun”, “Ommaviy axborot vositalaridagi faol ishtiroki uchun” kabi nominatsiyalar bо‘yicha rag‘batlantirildi.

Yig‘ilish sо‘ngida 2024-yilda amalga oshirilishi muhim vazifalar kelishib olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan