Otabek Maxkamov bilan “Yoshlar kelajak poydevori” mavzudagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘zbek kino aktyori, xalqaro CIPA dasturi doirasidagi bitiruvchi va sertifikatlangan xalqaro huquqshunos, jurnalist, bloger Otabek Maxkamov bilan “Yoshlar kelajak poydevori” mavzudagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O.Maxkamov qalamiga mansub bo’lgan «Yuksaklik sari tasodif bo’lmagan 100 ta uchrashuv» nomli kitob taqdimoti bilan boshlandi.

O.Maxkamov hayoti, ijod yo’li haqida so’zlar ekan, o’z “kamfort zonasi”dan chiqa bilgan inson albatta yetuklikka erisha olishini ta’kidlab, misollar bilan izohladi.

Ajoyib va qiziqarli o’tgan uchrashuvda talaba-yoshlarning bergan savollariga javob berar ekan, ularga ko’proq kitob o’qishlari kerakligini aytdi va o’zi sevib o’qigan kitoblari bilan bo’lishdi.

Tadbir so’ngida, O.Maxkamov akademiya kutubxonasi, ma’naviyat bo’limi va “Eng yaxshi savol” egasiga «Yuksaklik sari tasodif bo’lmagan 100 ta uchrashuv» kitobini taqdim etdi, shuningdek akademiya rahbariyati O.Maxkamovga o’z minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovg’alarini topshirdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan