Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan akademiya mas’ullarining, tartib-intizom, tarbiyaviy, axloqiy ahamiyatga ega bo’lgan tahliliy uchrashuvi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 23-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan akademiya mas’ullarining, tartib-intizom, tarbiyaviy, axloqiy ahamiyatga ega bo’lgan tahliliy uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda TTJda yashovchi talabalarga yaratilgan sharoitlar, kamchiliklar ko’zdan kechirildi, shuningdek, talabalarning qo’yilgan tartib-intizom qoidalariga, axloqiy talablarga, o’qish jarayonidagi ta’lim normalariga qanchalik javob berayotganliklari mas’ullar tomonidan o’rganilib, kerakli chora-tadbirlar ko’rildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan