Kitobxon qiz

Joriy yilning 28-fevral kuni  O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda «Qizlarjon» klubi tomonidan TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Kitobxon qiz» tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov bо‘yicha berilgan e’longa muvofiq ishtirokchilar 28-fevralga qadar quyidagi 3 ta kitob (1. O‘tkir Xoshimov «Ikki eshik orasi». 2. Malala Yusufzoy  “Men Malalaman». 3. Omina Shenliko‘g‘li. «Imomning maneken qizi»)larni o’qishlari kerak edi.

Tanlovda akademiya professor-о‘qituvchilardan tarkib topgan komissiya a’zolari ishtirok etib, ishtirokchilarni asarlarni о‘zlashtirganliklari yuzasidan baholadilar.

Tanlovda g‘olib deb topilgan talabalarni taqdirlash uchun akademiya rahbariyatiga tavsiya etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan