Taqdirlash

Joriy yilning 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir о‘tkazildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda о‘z qobiliyati hamda imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga sо‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy qо‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manaatlarini himoya qilish borasida faoliyat yuritayotgan 35 nafardan iborat Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, faol jamoatchi olima ayollar va psixologlar tarkibida akademiya xotin-qizlar maslahat kengashining raisi M.U.Adasheva ham ishtirok etib vazirlikning fahriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Vazirlik tomonidan qaratilgan bu e’tiborni jamoamiz xotin-qizlariga qaratilgan e’tibor deb hisoblagan holda yana bir borа barcha xotin-qizlarimizni kirib kelayotgan 8-mart bahor bayrami bilan tabriklaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan