Joriy yilning 18-19 aprel kunlari О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida bо‘lib о‘tayotgan seminar-trening о‘z ishini boshladi.
Seminarda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adasheva Mavludaxon Umataliyevna ishtirok etmoqda.