Xalqaro ilmiy amaliy anjuman

Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Qozog‘iston Respublikasidagi doimiy hamkori – Jumabek Tashenov nomidagi universitetda yosh olimlar va talabalarning an’anaviy “Yoshlar va fan – 2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari nomzodi, professor
N. Qosimov, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) H. Hamroyeva, shuningdek,
“San’atshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari: Jamshid Mirsoliyev “O‘zbek raqs san’atining milliy chizgilari”, Musharraf Tursunova “O‘zbek – Qozoq ilmiy–madaniy aloqalari”, Durdona Ubaydullayeva “Qozog’iston o‘zbeklari bolalar folklor raqslari” mavzularida rus va o‘zbek tillarida ma’ruzalari bilan masofadan ishtirok etdilar.

Lavhani “San’atshunoslik” ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi Qodirov Sherzod tayyorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan