Ayni vaqtda Respublika Ishchi guruhi Qoʻshrabot tumanining Pangat mahallasida

Bugungi kunda mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini ta’minlash asosiy ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul boʻlgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash maqsadida hududlarda “Mahalla yettiligi” faoliyati oʻrganib borilmoqda.

🔸Xususan, Respublika Ishchi guruhi ayni damda tumanning Pangat mahallasida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida mahalla yettiligining faoliyati, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obyektlarining xizmat koʻrsatish holati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan