Malaka oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2024-yil 15-yanvardagi buyrig‘iga binoan, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bolalar musiqa va san’at maktablari xoreograflari uchun 2024-yil 6-maydan boshlab, 36 soatga mo‘ljallangan “Xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari” tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish mashg‘ulotlarini O‘zDXAning yetakchi ustozlari va jo‘rnavozlari olib bormodalar.

Tinglovchi xoreograflarga bolalarning yoshiga va imkoniyatiga muvofiq tarzda raqs mashg‘ulotlarni olib borish bo‘yicha ustozlar tomonidan zarur amaliy ko‘nikma va uslubiy ko‘rsatmalar berilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan