Mahorat darslari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga binoan, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari respublikadagi qator Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari uchun mahorat darslarini tashkil etishlari belgilangan.

Kuni kecha 14-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabining “Xoreografiya” sinfi uchun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o’qituvchilari, dotsent, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulishoda Abdiyeva hamda Pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD) Shahzoda Xudoynazarovalar tomonidan mahorat darslari o’tkazildi.

Yuqori saviyada olib borilgan mahorat darsining yakunida maktabning xoreografiya sinfi bolalari uchun G.Abdiyeva va Sh.Xudoynazarova «O‘zbek xoreografiya san’ati namunalari» nomli o‘quv qo‘llanmani taqdim etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan