Yakuniy imtixon

Joriy yilning 13-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakulteti 2-bosqich «Baletmeyster-rejissyor» ta’lim yo’nalishida «Baletmeysterlik san’ati» fanidan yakuniy nazorat imtihoni bo’lib o’tdi.

Ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi xorijiy talaba Aliyeva Aslana tomonidan «Ozarbayjon syuitasi» sahnalashtirildi.

Raqs syuitasi 3 ta qismdan iborat bo’lib, dramaturgiya qonun-qoidalari asosida sahnalashtirilgani mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur syuita kelgusida akademiya talabalari tomonidan ijro etilib, akademiya repertuaridan joy olishi aytib o’tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan