Bugun 28-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida qator yetakchi ish beruvchi tashkilot, muassasa, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkani о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni mehnat bozoriga olib kirish hamda kelajakda о‘z mutaxassisliklari bо‘yicha mehnat faoliyatini olib borib, kelgusida jamiyatimiz ravnaqi uchun munosib hissa qо‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratishga qaratildi.
Yarmarkada qator yetakchi ish beruvchi tashkilot, muassasalar, manfaatdor vazirlik va idoralar о‘zlarida mavjud bо‘lgan 20000 dan ortiq bо‘sh ish о‘rinlari bilan ishtirok etdilar.