“О‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni о‘rganish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qо‘shgan hissasi”

Joriy yilning 7-iyun kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida YUNESKOning О‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari va ekspertlari ishtirokida “О‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni о‘rganish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qо‘shgan hissasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mehmonlar akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, о‘zaro muloqotlar doirasida YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy meros bо‘yicha keng qamrovli tadqiqotlari yuzasidan hamkorlikda olib boriladigan istiqboldagi rejalar haqida kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan