О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i asosida joriy yilning 15-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “О‘zbekiston va jahon xalqlarining madaniy hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda akademiya rektorining 2025-yil 10-yanvardagi 3-i-son buyrug‘iga asosan 15-aprel kuni “San’at olami – talabalar nigohida” mavzusida II respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani о‘tkazilishi belgilangan.
Kuni kecha anjuman tashkiliy qо‘mitasining dastlabki yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishda anjumanlarni tashkil etish va о‘tkazish bilan bog‘liq dastlabki vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli kо‘rsatmalar berildi.