Xalqaro mahorat darslari

18-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat instituti professor-o’qituvchilari, sohaning yetakchi mutaxassislari (https://t.me/uzdxa_official/15057) tomonidan xalqaro mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida zamonaviy raqs texnikasi, harakatlari, xalq sahna raqslarining turli ifodali vositalari, ijro uslublari akademiya talabalari ishtirokida barcha qiziquvchilar uchun onlayn Zoom platformasi orqali ham namoyish etildi.

Shuningdek, «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi dotsenti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdiyeva Gulshod Esanbekovna tomonidan XJR 1-bosqich talabalari ijrosida xorijlik mehmonlar uchun o’zbek xalq raqs maktablaridan 3 ta asosiy, Farg’ona, Xorazm va Buxoro raqs maktablarining qo’l va oyoq holatlari, raqs harakatlari, ijro uslublari, ta’zim qilish texnikalari haqida ma’lumot berilib, xalqaro mahorat darslari o’tkazildi.