О‘zbekiston о‘zining boy madaniyati va mintaqaviy о‘ziga xosligi bilan mashhur. Yurtimizning har bir gо‘shasi qadimiy tarixga ega, madaniy tadbirlarga boy. Dolzarb muammo va mavzularni chuqur tahlil qilmasdan turib, ilmiy tadqiqotlar olib borilmaydi. Ayniqsa, sо‘z, “О‘zbekistonning turli hududlari raqs san’ati”ni о‘rganish haqida borganida.
Joriy yilning fevral oyida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich tayanch doktoranti Tairova Yuliya Rafaelevna “Qashqadaryoraqs san’atining hududiy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti doirasida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qator mahorat darslari va tadbirlar о‘tkazdi.
Tadqiqot davomida viloyat raqs san’atining о‘ziga xosligini asrab-avaylash masalalari muhokama etilib, dissertatsiya mavzusining ilmiy jihatlari о‘rganildi.
Shuningdek, olib borilgan mahorat darslari negizida yosh ijrochilarning Respublika kо‘rik-tanloviga tayyorgarlik kо‘rish borasida о‘quvchilarga amaliy yordam kо‘rsatildi.