Joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Toshkent shaxar IIBB XPB OTM PKI katta leytenanti G.T.Matisakova, Yakkasaroy tumani IIO FMB T va EKKB boshlig‘i kapitan Sh.B.Masaliyev, Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.A.Muxitdinovalar tomonidan talabalar va yoshlar o‘rtasida “Distruktiv g‘oyalarga qarshi kurashish» mavzusida targ‘ibot suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat, talabalar o‘rtasida terrorizm va ekstrimizm jinoyatlarining oldini olish, unga qarshi kurashish, xuquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish, ma’naviy muhit sog‘lomligi va barqarorligini ta’minlash, yot g‘oyalar tasiriga tushib qolib odam savdosi qurboni bo‘lib qolishning oldini olish kabi mavzularga qaratilib, talabalar o‘rtasida atroflicha ko‘rgazmali tushuntirish ishlari olib borildi.