Kecha oqshom, 20-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yotoqxonasida talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida, oʻquv teatri bosh mutaxassisi Muxtor Asrorov, yoshlar yetakchisi Hamroz Xalilovlar tomonidan kinorejjisyor Yusuf Roziqovning «Dilhiroj» nomli filmi namoyishi tashkil etildi.
Talaba-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qa’bul qilingan filmning asosiy mazmuni oʻzbek xalqining milliy urf-odatlariga asoslangan insoniy munosabatlar, yosh bir oilaning tashkil topishidagi qarama-qarshiliklar, tasodiflar va taqdir sinovlariga katta avlod hamda yoshlarning munosabati chiroyli tarzda tasvirlangan.
Film tomoshasidan soʻng talabalar filmdagi voqealarning bugungi zamonga qanchalik mos kelishi, bugungi yoshlar qanday maqsad bilan yashayapti, urf-odatlar va anʼanalarni bugungi kunga moslashtirish mumkinmi!? – deya oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishib, film orqali shu savollarga javob topishga harakat qildilar.