O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi borasida tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan.
Tadbirda akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar ishtirok etdilar. Mazkur qonunning mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berilib, tushuntirildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.