Xalqaro ko‘rik – tanlov                                  

Joriy yilning 20–21-fevral kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida Jumabek Tashenev nomli universitet, Qozog‘iston Xalq Assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida “Navoiy o‘qishlari” II – Xalqaro  ko‘rik – tanlovi bo‘lib o‘tdi.

20-fevral kuni maktab o‘quvchilari , 21-fevral kuni talabalar o’rtasida o‘tkazilgan mazkur ko‘rik – tanlov hakamlar hay’atiga O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva raislik qildi.

Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalarining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan kelgan talabalar Mir Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha esse yozish, g‘azal o‘qish, savol – javob turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

O‘zDXA “San’atshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari D.Ubaydullayeva va K.Xojiqulova “ZOOM” platformasi orqali ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari va yangi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
       
“Navoiy o‘qishlari” II – Xalqaro ko‘rik – tanlovi O‘zbekiston va Qozog‘iston OAVlarida keng yoritildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan