Malaka amaliyoti

Joriy yilning 3-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Sobir Jumayev boshchligida “Malaka amaliyotini tashkil etish” boʻyicha tegishli mas’ullar bilan yig’ilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda malakaviy amaliyot bo’yicha akademiya rektorining tegishli buyurugʻi hamda akademiya talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan yana bir bor tanishtirildi.

Shuningdek, kunduzgi ta’lim shaklining 1-2-bosqich hamda sirtqi ta’lim shaklining 1-3-bosqich talabalari uchun biriktirilgan amaliyot rahbarlariga tanishuv hamda oʻquv malakaviy amaliyotini tashkil etish boʻyicha tegishli ko‘rsatmalar berib o’tildi.

Eslatib o’tamiz:
Kunduzgi ta’lim shaklining 2-bosqich talabalari uchun «Oʻquv malakaviy» amaliyoti joriy yilning 10-martidan 5-aprel sanasiga qadar, 1-bosqich talabalari uchun “Tanishuv” amaliyoti 17-martdan 29-mart sanasiga qadar davom etadi.

Sirtqi ta’lim shaklining 1-bosqich talabalari uchun “Tanishuv” amaliyot 17-martdan 29-mart sanasiga qadar, 3-bosqich talabalari uchun «Oʻquv malakaviy» amaliyot 3-martdan 29-mart sanasiga qadar davom etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan