Joriy yilning 26-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi taklifiga binoan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Marifli akademiyaga tashrif buyurdi.
Tashrifdan kо‘zlangan asosiy maqsad, О‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasining madaniyat va san’at, xususan, xoreografiya san’ati sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat bо‘ldi.
Muhokamalar chog‘ida О‘zbekiston va Ozarbayjon о‘rtasidagi madaniyat va san’at, ta’lim, ilm-fan va tajriba almashinuvi kabi sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida ikki davlatning sohaviy oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida seminar va mahorat darslarini tashkil etish, qо‘shma va almashinuv ta’lim dasturlarini tashkil etish, qо‘shma ijodiy chiqishlar, tanlov va festivallar hamda ilmiy-ijodiy tadqiqotlarni qо‘llab-quvvatlash masalalarini о‘z ichiga olgan anglashuv memorandumini tasdiqlashga kelishib olindi.