1925-yil 8-mart kuni bahorning quyoshli ochiq kunida
– raqqosa, xoreograf, o’qituvchi, O‘zbekiston xalq artisti, SSSR xalq artisti, nufuzli hukumat mukofotlari, jumladan “Do‘stlik” va “Xalqlar do‘stligi” ordenlari sohibi, ko‘plab respublika va xalqaro tanlov va festivallar laureati Qunduz Mirkarimova dunyoga keldi.
Tamaraxonim, Mukarrama Turg’unboeva, Isaxor Oqilov, Roziya Karimova, Gubskaya Vera Nikolaevna, Evgeniy Baranovskiy kabi ustozlarning shogirdi, yosh raqqosa Muqimiy teatriga ishga yuborilib, u yerda suyukli ustozlaridan o‘rganganlarini namoyish qila oldi.
Muqimiy teatrida u musiqiy spektakllarda raqs ijro etdi.
1949 yilda u yosh, iste’dodli artistlar guruhi tarkibida Moskvaga, Bolshoy Teatr qoshidagi xoreografiya maktabiga o’qishga yuborildi. O‘zbekistonlik yosh balerina o‘qituvchi M.A.Kojuxova rahbarligida uch yil mumtoz raqs yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi.
Qunduz Mirkarimova Moskvada oʻqish tamomlab, A.Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatrida ikki yil davomida xizmat ko’rsatdi, lekin tez orada hayoti mazmuni bo’lgan kasb – o’zbek raqs san’ati ekanligini tushundi.
1979-yildan Q.Mirkarimova ustozi Mukarrama Turg‘unboyeva faoliyatini davom ettirib, afsonaviy “Bahor” davlat xalq raqs ansambliga rahbarlik qila boshladi.
Professor Q.Mirkarimova o‘zining pedagogik faoliyati davomida, Malika Ahmedova, Ma’mura Ergasheva, Gulchehra Faziljonova, Ugiloy Muhamedova, Gulnora Jo‘raeva, Gavxar Aminova, Karima Uzoqova, Dilbar Yunusova va boshqa ko‘plab iste’dodli raqqosalarni yetishtirdi.
E.A.Qori-Yoqubova kontenti