Joriy yilning 9-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi”kafedrasi dotsenti, katta o’qituvchi Yeshimbetova Aydin Ibadullayevnaning shogirdi, “Xoreografiya pedagogikasi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Talxatova Dono O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo’lib o’tgan “Astana stars” (“Ostona yulduzlari”) xalqaro festivalida yakkaxon raqs ijrosi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, Gran-pri sohibi bo’ldi.
Shuningdek, O’zDXA “Zamonaviy raqs”yo’nalishi 4-bosqich talabasi, “Energiya” raqs jamoasining yosh rahbari Dariya Moxova jamoalar raqs ijrosi bilan Gran-pri g‘olibi bo‘ldi.
Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna hamda “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi o’qituvchisi Boreyko Alevtina Aleksandrovna hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdilar.
Akademiya jamoasi nomidan muborakbod etib, kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!