Mazkur risolada XX asr boshlarida o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib, ko‘plab darsliklar yozgan, o‘sha davr o‘zbek adabiyotida masalchilikni boshlab bergan, tilshunoslik ilmida yangi imlo qoidalarini ishlab chiqqan va shoir sifatida jadidchilik adabiyotini rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan Elbek – Mashriq Yunusovning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlanadi.