Hamkorlik uchrashuvi

Joriy yilning 26-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani M.Xolmurodova, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i D.Dosjanova, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi mudiri G.Usmonova, Talabalar amaliyoti bosh mutaxassisi E.Sayfullinalar birgalikda O’zekiston davlat Filarmoniyasi bosh direktor o’rin bosari O.Nasriddinov, bosh direktor maslahatchisi M.Aytniyazov hamda bir qator mas’ullar ishtirokida ikki tashkilot o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik ishlarini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida “haq to‘lanadigan amaliyot” va “dual ta’lim” jarayonlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan kelishuvlar amalga oshirilib, kelgusida e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar muhokama qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan