Joriy yilning 25-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna boshchiligida akademiya xodimlari hamda talabalaridan iborat guruh Mirobod tumanida joylashgan «Abdulla Avloniy» mahhallasida mahalla ahli, faollari va yoshlari bilan uchrashuv va davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbati bilan boshlangan tadbir mahalla tomonidan tashkil qilingan “Navro’z” bayrami tadbirlariga ulandi. Akademiya jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, talabalar ijrosidagi go’zal raqslar, xonandalarning dilbar qo’shiqlari ila sumalakning mayin islari mazkur madaniy tadbirga ajib bayramona kayfiyat bag’ishladi.