Bugun, 4-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 8-martdagi «Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 15/11-son qo‘shma qarorining ijrosini ta’minlash, Toshkent shahar va viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Yoshlar o‘rtasida bezorilik hamda hayot va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarni oldini olish» mavzusida huquqiy targ’ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda akademiyaga biriktirilgan Toshkent shahar IIBB huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Otajonov Fazliddin Baxtiyorovich va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi mayor Umarov Farxodjon Ilxomovich, akademiya profiolaktika katta isnpektori, katta leytenant G.T.Matisakovalar ishtirok etib, mavzuga oid targ’ibot ishlari olib borildi.