Joriy yilning 4-aprel sanasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati”fakultet dekani M.Xolmuradova va Registarator ofisi (https://t.me/hemis_uzdxa) boshlig’i A.Adilovlar tomonidan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda o’quvchi yoshlar uchun akademiyada yaratilga shart-sharoitlar, ta’lim yo’nalishlari hamda mutaxasisliklar to’g’risida to’liq ma’lumotlar berildi va o’quvchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.