Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bayramona xush kayfiyatda asrlar osha qadrlanib, sayqallanib kelayotgan “Navro’z” ayyomi katta tantana bilan nishonlandi.
“Qadriyating boqiy bo’lsin Navro’z” shiori ostida boshlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturi talabalarning shaxmat, shashka, tennis o’rtoqlik o’yinlari bilan boshlandi.
Kafedralar tomonidan bezatilib, tadbirning yanada chiroyli va milliylikni targ’ib qiluvchi “Eng chiroyli ayvon” tanlovi barchaga o’zgacha shukuh bag’ishladi.