Psixologik trening

Inson rasm chizish yoki boshqa ijodiy usul orqali o’zining chuqur ichki dunyosi haqida ma’lumot beradi. Joriy yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi psixologi R.T.Xolmatova akademiyaning 1-bosqich talabalari bilan “O‘z-o‘zini bilishda art-terapiyadan foydalanish” mavzusida trening o‘tkazdi. Treningning maqsadi – o’z o’zini anglash, bilish, o’zini va atrofdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish hamda aniqlash qobiliyatini shakllantirishdir. Hozirgi zamon yoshlari orasida o’z-o’zini anglash, shaxsiyatlarining mohiyatini tushunishga, borliqning ma’nosini izlashga bo’lgan qiziqishlarining ortmoqda, ko’plab qiziqarli savollarga javoblar olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan